Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda yangi tayinlov
22:23 / 2022-12-20

Xalq ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Nazarqosimov Sarvar Inatillayevich Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Nazarqosimov Sarvar Inatillayevich 1979 yilda Sharof Rashidov tumanida tavallud topgan. Abudulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetining bakalavr va magistraturasini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Sarvar Nazarqosimov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Jizzax davlat pedagogika universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’umot uchun, shu kungacha Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan Dilfuza Sadriddinova Xalq ta’limi vazirligiga ishga o‘tdi.

A.QAYUMOV, O‘zA