English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda yangi modeldagi elektromobillar ishlab chiqariladi
20:10 / 2024-07-16

Joriy yilning 27 iyun kuni mamlakatimiz Prezidenti Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida “BYD Uzbekistan Factory” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan ilk elektromobilga imzo qo‘ygan va shu kundan boshlab zavodda BYDning “Chazor” va “Song Plus Champion” modellari ishlab chiqarishi boshlangan edi.

“O‘zavtosanoat” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, “BYD Uzbekistan Factory” qo‘shma korxonasi xitoylik hamkorlar bilan yangi modellarni ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, ishlab chiqarish uchun ko‘zda tutilgan yangi modellar orasida “BYD Seagull” va “E2” elektromobillari ham borligi ta’kidlandi. Ushbu avtomobillarning birinchi namunalari hozirda sinovdan o‘tmoqda.

A.Qayumov, O‘zA.