Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda yanga jiyani uchun aliment to‘ladi
15:19 / 2026-02-16

Oilaviy kelishmovchiliklar sabab ajrashgan ayrim ota-onalar farzandlari ta’minoti uchun belgilangan aliment majburiyatini bajarishdan bo‘yin tovlayotgani, afsuski, bolalar huquqlarining poymol bo‘lishiga olib kelmoqda.

Fuqaro A.I. ham shunday otalardan biri edi. Sud qaroriga muvofiq, u voyaga yetmagan farzandi uchun sobiq turmush o‘rtog‘i A.S. foydasiga aliment to‘lashi lozim bo‘lgan. Biroq u o‘z majburiyatini bajarmay, 20 million so‘m qarzdorlikka yo‘l qo‘ygan.

Qarzdorni topishning imkoni bo‘lmagani uchun muqaddam unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Majburiy ijro byurosi G‘allaorol tumani bo‘limi davlat ijrochilarining sa’y-harakatlari natijasida qarzdorning akasining turmush o‘rtog‘i, ya’ni undiruvchining sobiq ovsini jiyaniga bo‘lgan mehri va moddiy ta’minotdan uzilib qolmasligi uchun uning foydasiga 10 million so‘m aliment puli to‘lab berdi.

Qarzni to‘lash jarayonida yangasi ushbu mablag‘ni faqat begunoh farzandlarga rahmi kelgani uchun to‘layotganini, bolalar taqdiri na otani, na onasini o‘ylantirayotganini ta’kidladi.

Hamroz Bayanov, O‘zA