Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda yana bir xorijiy korxona ish boshlaydi
19:09 / 2020-11-02

Jizzax viloyati Yangiobod tumanida “Fu Lai Ge Qishloq Xoʻjalik Ilmiy Texnologik Klasteri” masʼuliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasi tomonidan umumiy loyiha qiymati 10 million AQSH dollari boʻlgan urugʻchilik va sabzavotchilik klasteri tashkil etilmoqda.


Jizzax viloyati Yangiobod tumanida “Fu Lai Ge Qishloq Xoʻjalik Ilmiy Texnologik Klasteri” masʼuliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasi tomonidan umumiy loyiha qiymati 10 million AQSH dollari boʻlgan urugʻchilik va sabzavotchilik klasteri tashkil etilmoqda.

Mazkur loyiha boʻyicha amalga oshirilayotgan klaster 4 ming tonna qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish quvvatga ega boʻladi. Klasterda 200 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan.

Ushbu klasterga tumandagi “Xoʻjamushkentsoy” suv isteʼmolchilari uyushmasi hududidan 1000 gektar lalmi yer ajratilib, zamonaviy energiya va suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash tashkil etiladi.

Bugungi kunga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya mablagʻlari hisobidan burgʻulash va qishloq xoʻjaligi texnikalari, tomchilatib sugʻorish hamda elektr jixozlari olib kelinib, 2 ta artezian qudugʻi ishga tushirildi.

Ayni paytda sinov tariqasida 5 gektar maydonga kartoshka ekilib, tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy qilindi.

photo_2020-11-02_19-08-27.jpg

Korxona tomonidan 2021-yilda 200 gektar maydonga kartoshka hamda 400 gektar donli ekinlar ekish rejalashtirilgan. Hozirda artezian quduqlari burgʻulash ishlari davom ettirilmoqda.

Mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Jizzax viloyatida joriy yilning oʻtgan davrida xorijiy kapital ishtirokidagi 16 ta yangi korxona tashkil etilib, ularning soni 200 taga yetdi. Ulardan 193 tasi ayni paytda faoliyat koʻrsatmoqda.

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonaning 11 tasi viloyatning eng chekka qishloq hududi boʻlgan Yangibod tumanida tashkil etilgan.