Bugun mazkur o‘quv markazi ochilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy bank, Agrobank rahbariyati vakillari Jizzax shahar hokimiligi, o‘quv markazi ma’sullari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Agrobank tomonidan Jizzax shahrida payvandlash (svarka) va xorijiy tillar bo‘yicha xalqaro sertifikat beruvchi zamonaviy o‘quv markazi tashkil etildi.
1 100 m² maydonda joylashgan markaz 6 ta jihozlangan o‘quv xonasi, asbob-uskunalar va zarur texnika vositalari bilan to‘liq ta’minlandi.
Ushbu markaz “GOLD ASH” xususiy korxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, Estoniyaning AEW tizimi asosida ISO 9606-1 xalqaro sertifikati taqdim etiladi.
Shuningdek, markazda xorijiy tillar, yuk ko‘taruvchi kara haydovchisi, elektr-texnika, lesa terish va boshqa yo‘nalishlar ham yo‘lga qo‘yiladi. Bugungi kunda 20 nafar fuqaro ta’lim olishni boshladi.
Agrobank ko‘magi asosida markazda 32 o‘rinli yotoqxona va oshxona ham barpo etilgan, bundan tashqari o‘quv markazining Sirdaryo viloyatida filial ochish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
Markaz orqali yil davomida 500 dan ortiq fuqarolar o‘qitilib, xorijda yuqori maoshli ish o‘rinlari bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Reklama huquqi asosida