Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda viloyat sud boshqaruvchilar assotsiyatsiyasi a’zosi pora bilan qo‘lga tushdi
13:18 / 2023-05-10

Poraxo‘rlik kasaliga chalingan kimsalarni davolash uchun dunyoning hech bir mamlakatida hali vaksina o‘ylab topilmadi.

Bu illat butun ongini egallab bo‘lgan kimsalarni sud orqali qonunga asosan eng munosib jazo qo‘llabgina to‘g‘ri yo‘lga qaytarish mumkin. Lekin xuddi shu poraxo‘rlik dardi bilan viloyat sud boshqaruvchilar assotsiyatsiyasi a’zosi kasallangan bo‘lsachi?  

Shu o‘rinda xalqimizning, porani kanda qilmasang, parokanda bo‘lasan, degan nihoyatda o‘ydab aytilgan maqoli yodga tushadi...

Davlat xavfsizlik xizmati Jizzax viloyati boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Jizzax viloyat sud boshqaruvchilar assotsiatsiyasi a’zosi pora olayotgan paytida qo‘lga olindi. 

U Sharof Rashidov tumanida ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxona rahbari ishonchiga kirib, xizmat mavqeidan foydalangan holda korxonaning soliq organidan yuzaga kelgan 23 million 200 ming so‘m qarzdorligini yo‘q qilib berish va bankrot deb topish evaziga undan 12 million so‘m talab qilib, pullarni Jizzax shahridagi xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

A.QAYUMOV,

O‘zA