Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda uzumchilik sohasi rivoj topmoqda
17:29 / 2026-02-19

2025-yil qishloq xo‘jaligi yakunlari uzumchilik tarmog‘ida barqaror o‘sish sur’atlari saqlanayotganini ko‘rsatdi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda jami 1 million 983 ming 39 tonna uzum yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 7,6 foizga ko‘p bo‘lib, sohada izchil taraqqiyot ta’minlanayotganini anglatadi.

Mazkur o‘sishda Jizzax viloyatining hissasi alohida e’tiborga loyiq. Joriy yilda hududda 38 ming 374 tonna uzum yetishtirildi. Raqamlar ortida esa keng ko‘lamli agrotexnik chora-tadbirlar, zamonaviy yondashuv va mehnat samarasi mujassam.

So‘nggi yillarda viloyatda intensiv tokzorlar barpo etish, tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy qilish, eksportbop navlarni ekishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Ayniqsa, Forish, Baxmal va Zarbdor tumanlarida uzumchilikni klaster usulida rivojlantirish, hosildorlikni oshirish va yerdan samarali foydalanishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu esa hududda tokzorlar maydoni kengayib, sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanayotganini ko‘rsatadi.

E’tiborli jihati shundaki, sohada faqat xomashyo yetishtirish bilan cheklanib qolinmayapti. Qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish, quritilgan uzum, sharbat va boshqa qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotining qiymati oshirilmoqda. Bu o‘z navbatida, eksport salohiyatini mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini ko‘paytirishga xizmat qilmoqda.

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri