Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda test sinovlari shaffof va haqqoniy o‘tmoqda (+video)
12:49 / 2024-07-14

Jizzax shahrida ham davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari boshlandi.

2024-2025 o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga hamda professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilayotgan test sinovlari Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida o‘tkazilmoqda.  

Ta’kidlash joizki, ushbu sport saroyida abituriyentlarning test sinovlarini ko‘ngildagidek topshirishlari uchun barcha sharoitlar mukammal tarzda yaratilgan. Sovitkichlar to‘liq ishchi holatida, har bir abituriyent uchun ichimlik suvi va test jarayonida foydalanishlari uchun sharikli ruchkalar va boshqa zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan.  

– Prezidentimizning joriy yil 24 maydagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga hamda professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Jizzax viloyatida ham 5 iyundan 25 iyun kuniga qadar amalga oshirildi, – deydi Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo‘limi boshlig‘i Ibrohim Hotamov. – Onlayn ro‘yxatga olish yakunlariga ko‘ra test sinovlarini Jizzax viloyatida topshirish istagini bildirgan abituriyentlar soni 42 ming 961 nafarni tashkil etdi.  

Imtihon natijalari abituriyentlarning shaxsiy kabinetlarida test topshirgan kunlarining ertasiga e’lon qilinadi. Oliy va professional ta’lim muassasalarini abituriyent qaysi yo‘nalishini yoki qaysi shaklini tanlashi esa respublika bo‘yicha test sinovlari to‘liq yakunlangandan keyin 15 kun ichida amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.  

Test sinovlarida bir kunda ikki smenada 4 ming 200 nafar abituriyent ishtirok etib, jarayon Jizzax viloyatida 11 kun davomida o‘tkaziladi.  

[gallery-18268]

Test topshirayotgan abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun soya-salqin joyga o‘tirg‘ichlar o‘rnatilib, test jarayonini shaffof va haqqoniy o‘tayotganligini onlayn tarzda kuzatib borishlari uchun monitor o‘rnatilgan.  

<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/MSp4mRwgnAs" title="Jizzaxda test sinovlari shaffof va haqqoniy oʻtmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Bugun joriy yil 14 iyul kuni 1-smenada jami 2 100 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan bo‘lsa, shundan 353 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi.    

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat, video), O‘zA muxbirlari