English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda test sinovlari davom etmoqda
12:19 / 2023-08-03

Jizzax viloyatida ham yangi o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib o‘tmoqda.

Test sinovlari o‘tkazilayotgan ob’ektda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ota- onalar uchun test jarayonlarining ochiq, shaffof o‘tishini onlayn kuzatish uchun maxsus joy tashkil etilib, jihozlandi.  

Test sinovlari Jizzax shahridagi sport majmuasida o‘tkazilmoqda. Birinchi smenada 2 ming 340 nafar abituriyent testda ishtirok etadi, bir kunda ikki smenada 4 ming 680 nafar.  

[gallery-13003]

1 avgust kuni birinchi smenada 164 nafar, ikkinchi smenada 130 nafar hamda 2 avgust kuni 76 nafar abituriyentlar test sinovlariga kelmagan. Test sinovlari jarayoniga bir abituriyentning o‘rniga boshqa shaxs kirishga uringanligi uchun chetlashtirilgan bo‘lsa, 1 nafar abituriyent ta’qiqlangan aloqa vositasini olib kirganligi uchun jarayondan chetlashtirildi.  

Test sinovlarida Jizzax shahrida ishtirok etish istagini bildirgan abituriyentlarning umumiy soni 54 ming 139 nafarni tashkil etadi. Test sinovlari davom etmoqda  

A.QAYUMOV,  

J.YORBEKOV (surat), O‘zA