Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda tadbirkorlar xiyoboni ochildi
12:34 / 2023-08-03

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi oldidan Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida “tadbirkorlar xiyoboni” ish boshladi.

Prezidentimizning joriy yil 23 yanvardagi “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Sharof Rashidov tumanida viloyatda birinchilardan bo‘lib “Tadbirkorlar xiyoboni” tashkil etildi.  

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, Sharof Rashidov tumani hokimligi rahbar va mutasaddi xodimlari, qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari va hududda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ishtirok etdi.  

[gallery-13005]

Marosimda Savdo-sanoat palatasi Jizzax hududiy boshqarmasi boshlig‘i Rustam Hasanov, Sharof Rashidov tumani hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Ma’ruf Ergashev va boshqalar so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yilning 2 avgust kuni Prezidentimiz raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida mutasaddilar zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqadigan vazifalar xususida to‘xtaldi.  

Ushbu xiyobonda tadbirkorlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan bo‘lib tijorat banklari ofislari, investorlarning biznes loyihalarini muhokama qilish hamda “B2B” uchrashuvlari uchun maxsus xonalar, “kovorking” faoliyati, shuningdek, Wi-Fi zonalar tashkil etilgan.  

“Tadbirkorlar xiyoboni”ning tashkil etilishi, ishbilarmonlar faoliyatining yanada ravnaq topishida muhim ahamiyat kasb etadi.  

A.QAYUMOV,  

J.YORBEKOV (surat), O‘zA