Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda sifatli qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda
11:36 / 2022-08-06

FOTOREPORTAJ

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi “Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘inida  “Aka-uka jentlmenlar” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘z qurilish mahsulotlari bilan qo‘shni tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga ham munosib hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkorlardan.

Ayni paytda Xolnazar Shirinov rahbarlik qilayotgan korxonada zamonaviy devorlar, blok g‘isht, suvoq qilish uchun ishlatiladigan qurilish materiallari tayyorlanmoqda.
- Faoliyatimizni boshlashimiz uchun hokim yordamchisi ko‘magi bilan 80 million so‘m imtiyozli kredit olishga erishdik, - deydi korxona rahbari Xolnazar Shirinov. - Ayni paytda sifatli mahsulotlarimizga talab kundan kunga ko‘payib daromadimiz ham shunga yarasha ortayapti.

Hozirda korxonada 11 nafar qishloq yoshlarining bandligi ta’minlangan. Bu yerda bir kunda ming dona blok g‘isht, 15 komplekt zamonaviy devor ishlab chiqarilmoqda.
Kelgusida olingan foyda evaziga zamonaviy texnologiyalarni olib kelib o‘rnatish, payvandlash xizmatini yo‘lga qo‘yish orqali mahsulot turini ko‘paytirish, qo‘shimcha ishchi o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

[gallery-8190]

Jamshid YORBEKOV (surat),O‘zA