Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligiga bag‘ishlab mini-futbol bo‘yicha xotira turniri o‘tkazildi
15:17 / 2017-09-18

Prezidentimizning 2017-yil 27-martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, xalqimizning asl farzandi Sharof Rashidovning 100-yilligi oldidan viloyatda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan tashkil etilgan turnirda Sh.Rashidov tumanidagi tashkilot va korxonalarning 11 jamoasi ishtirok etdi.

Jizzaxda Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligiga bag‘ishlab mini-futbol bo‘yicha xotira turniri o‘tkazildi

Qiziqarli o‘tgan musobaqalarda tumandagi 50-umumta’lim maktabi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa tuman tibbiyot birlashmasi, uchinchi o‘ringa 29-umumta’lim maktabi jamoasi sazovor bo‘ldi.

– Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tug‘ilib o‘sgan tumanga uning nomi berilishi xalqimizning sodiq farzandiga ko‘rsatilgan ulkan e’tibor namunasidir, – deydi tumandagi “Quyoshsevar Parda” fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyodov. – Tumanimizda u kishining byusti, Jizzax shahrida haykali o‘rnatilib, memorial uy-muzeyi tashkil etilgani xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida vatanparvarlik va o‘z tarixidan faxrlanish tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qiladi hamda ulug‘ insonning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi xotira turniri ham ana shunday olijanob maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.