Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda sayyor sud qabullari bo‘lib o‘tdi
16:22 / 2025-11-17

Jizzax viloyatida fuqarolarning huquqiy masalalarini joyida hal etish maqsadida sud organlari tomonidan Zafarobod tumanida sayyor qabul tashkil etildi.

Madaniyat markazi binosida o‘tkazilgan ushbu tadbirda viloyat sudlari mutasaddilari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Qabul jarayonida o‘n nafar fuqaroning arizalari ko‘rib chiqildi: ulardan oltitasi fuqarolik, uchtasi jinoyat va bittasi ma’muriy sud ishlariga oid edi.  

Sud xodimlari har bir murojaatni diqqat bilan o‘rganishib, fuqarolarga qonuniy tushuntirishlar berdilar, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.

Yig‘ilish natijasida to‘qqiz nafar murojaatchi joyida huquqiy yordam oldi, bir nafarining masalasi esa qabul davomida ijobiy hal qilindi. Albatta,  bunday sayyor qabullar aholiga qulaylik yaratish, ularning muammolarini zudlik bilan hal etish hamda davlat idoralari faoliyatida ochiqlik va samaradorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari