Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda referendum oldi o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda
10:24 / 2022-07-20

Jizzax viloyatining barcha shahar va tumanlarida referendum qonunchiligi va amaliyoti yuzasidan uchastka komissiyalari a’zolarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida belgilangan jadval asosida o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yana bir muhim siyosiy jarayon – referendum bo‘lib o‘tishi arafasida turibdi. Davlatimiz rahbari joriy yilning 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvida mamlakatimiz Bosh Qomusiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumini o‘tkazish taklifini ilgari surgandi.

Shu munosabat bilan Jizzax viloyatining Forish tumanidagi barcha qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida, korxona, tashkilot va muassasalarida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi qizg‘in davom ettirilib, fuqarolarimiz tomonidan bir qator taklif va mulohazalar bildirilayotir. Chunki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasining muddati joriy yilning 1 avgustiga qadar uzaytirildi va o‘z navbatida, forishlik turli soha vakillari, fuqarolar, yoshlar Konstitutsiyamizning hayotiy hujjat sifatida takomillashtirilishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishga intilmoqda.

Tumandagi referendum bo‘lib o‘tadigan 58 ta uchastka komissiyalari a’zolarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, ovoz berish jarayonlarining ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida o‘quv-mashg‘ulotlari tashkil etilayotir.

Unda malakali huquqshunos-trenerlar tomonidan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari faoliyatining huquqiy asoslari, tashkiliy masalalar, fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovoz berish kunida komissiya a’zolarining faoliyati, ovozlarni sanash jarayonlari, kuzatuvchilar bilan ishlash kabi mavzularda tinglovchilar bilan amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

 

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA