Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda qurilish sohasi xodimlari kuni keng nishonlandi
10:42 / 2022-08-14

O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuniga bag‘ishlab Jizzax shahridagi musiqali drama teatrida bayram tadbiri keng nishonlandi.

Viloyat hokimligi, sektorlar, qurilish va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mehnat faxriylari, faol quruvchi-muhandislar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirda Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev soha vakillarini bayram bilan tabrikladi.

Aholi yashash sharoitini yaxshilash, eng so‘ngi zamonaviy arxitektura asosida turar joy binolari qurish, ularga kommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazish orqali fuqarolarga qulayliklar yaratishga Jizzax viloyatida ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, joriy yil Sharof Rashidov tumani “Oqtosh ota” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 41,3 gektarlik “Yangi O‘zbekiston” massivida 14 ta 16 qavatli uy-joylar qurilishi boshlanib, 1 ming 120 oila bu yerda bunyod etilayotgan yangi xonadonlarga ko‘chib kirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, joriy yil viloyatning shahar va tumanlaridagi yana 9 ta massivda 44 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, foydalanishga topshiriladi. Birgina 2021 yilda jami mablag‘lar hisobidan umumiy qiymati 832 milliard  so‘mlik 98 ta investitsiya ob’ekti barpo etildi. Shundan, 4 ta sog‘liqni saqlash, 13 ta umumta’lim maktabi, 11 ta maktabgacha ta’lim, 1 ta bolalar sporti va boshqa 69 ta ob’ekt foydalanishga topshirildi.

O‘tgan yilda umumiy qiymati 80 milliard  so‘mlikdan ortiq mablag‘lar hisobiga 16 ta ko‘p qavatli uy-joy foydalanishga topshirildi. 2022 yilda barcha mablag‘lar hisobidan umumiy qiymati 925 milliard  so‘mdan ortiq 210 ta investitsiya ob’ektlarida qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan bo‘lib, bu ishlar allaqachon izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 228 milliard 200 million so‘mdan ortiq mablag‘ hisobiga 4 ming 36 ta yakka tartibdagi aholi turar joylari va ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash, 191 kilometr  ichimlik suvi, 85 kilometr  elektr tarmoqlarini yangidan tortish, 260 kilometr ichki yo‘llarni ta’mirlash, 35 dan ortiq ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash belgilangan.

“O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan bayram tadbirida konsert dasturi namoyish etildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA