Jizzaxda qurilayotgan ko‘p qavatli bino konstruksiyasi qulab tushishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
2021 yilning 10 yanvar kuni soat 16:37da Jizzax shahri Mustaqillik ko‘chasiga yondosh hududda joylashgan qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli bino konstruksiyalari to‘satdan qulib tushdi.
– Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv otryadi hamda boshqa avariya-qutqaruv xizmatlari vakillari yetib keldi, – deb qo‘shicha xabar qildi boshqarmaning axborot xizmati. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar qayd etilmadi.
[gallery-743]
O‘rganishlar natijasida mazkur ob’ektda qurilish ishlari «Chorvador-Qorako‘l-Baraka» MCHJ tomonidan 2020 yilning mart oyida boshlanganligi, 2020 yilning dekabr oyida qurilish ishlari vaqtinchalik to‘xtatilganligi ma’lum bo‘ldi.
Xabarda aytilishi, hozirda hodisa oqibatlarini bartaraf ishlar olib borilmoqda.
Jamshid YORBEKOV(surat), O‘zA