Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan jahon chempionati nihoyasiga yetdi
19:16 / 2021-11-27

FOTOREPORTAJ

Avval xabar berganimizdek, 25-26  noyabr kunlari Jizzax shahridagi "So‘g‘diyona" sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun 2001-2003 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Mukofot jamg‘armasi 56 000 AQSH dollari bo‘lgan  jahon chempionatining  birinchi kungi belbog‘li kurash yo‘nalishi bo‘yicha bahslarida terma jamoamiz 13 ta oltin bilan umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Belbog‘li kurashning erkin yo‘nalishida umumjamoa hisobida Qozog‘iston polvonlari eng ko‘p oltin medallarni jamg‘argan holda g‘olib bo‘ldi.

Jahon chempionati yakuniga yetgach, g‘olib va sovrindor sportchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Har bir vazn toifasida kuchli uchlikdan joy olgan polvonlarga diplom, medal va belgilangan 10 000 000,  7 000 000, 5 000 000 so‘m pul mukofotlari berildi. Bundan tashqari  musobaqaning birinchi kungi natijalariga ko‘ra umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston terma jamoasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini - "Cobalt" avtomobili topshirildi.  

Erkin yo‘nalishda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan Qozog‘iston terma jamoasiga ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini - "Saprk" avtomobili  topshirildi.

Tantanali tarzda o‘tgan taqdirlash marosimida Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek G‘aniyev, Jizzax viloyati hokim o‘rinbosari Sindor Rahmonqulov, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov,  Osiyo belbog‘li kurash konfederatsiyasi raisi Mo‘min Murodov va boshqalar ishtirok etdi.  

Shuningdek, jahon chempionati doirasida Osiyo belbog‘li kurash konfederatsiyasining ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Osiyo belbog‘li kurash konfederatsiyasiga o‘zbekistonlik Mo‘min Murodov rais etib saylandi.

Quyida ikkinchi kungi erkin yo‘nalishda g‘olib va sovrindor sportchilar bilan tanishing.

Erkin yo‘nalish bo‘yicha o‘smirlar:

57 kg. vazn toifasi

 

1. Kamronbek Ortiqov (O‘zbekiston);

 

2. Danicher O‘ralov (O‘zbekiston),;

 

3. Jandos Obubakirov (Qozog‘iston);

 

3. Narirbay at Kenxebay (Qirg‘iziston).

 

62 kg. vazn toifasi

 

1. Nursultan Nurseitov (Qozog‘iston);

 

2. Shohruh Zokirov (O‘zbekiston);

 

3. Kalisbek Qayumov (Qirg‘iziston);

 

3. Ismoil Umrzoqov (O‘zbekiston) .

 

68 kg. vazn toifasi

 

1. Sayan Kurmangaliyev (Qozog‘iston);

 

2. Nurkanat Kainberdiyev (Qirg‘iziston);

 

3. Fayozbek Abdug‘afforov (O‘zbekiston);

 

3. Ilyos Ahmadov (O‘zbekiston).  

 

75 kg. vazn toifasi

 

1. Ilnaz Ramazanov (Rossiya);

 

2. Asadbek Rahmatov (O‘zbekiston);

 

3. Alan Tekeyev (Rossiya);

 

3. Naurizbek Mamit (Qozog‘iston).  

 

82 kg. vazn toifasi

 

1. Zamir Chomayev (Rossiya);

 

2. Artur Zaripov (Rossiya);

 

3. Muhammadjon Rasulov (O‘zbekiston);

 

3. Sheroz Oqilov (Tojikiston).  

 

90 kg. vazn toifasi

 

1. Aybergen Aldabergen (Qozog‘iston);

 

2. Bakitbek Uulu Bekzod (Qirg‘iziston);  

 

3. Asadbek Hotamov (O‘zbekiston);  

 

3. Diyorbek Xudoyberganov (O‘zbekiston) .

 

-100 kg. vazn toifasi  

 

1. Zangar Janabek (Qozog‘iston);

 

2. Azizbek Abdumalikov (O‘zbekiston);

 

3. Nurmambet Raimali (Qirg‘iziston);

 

3. Aydar Karimov (Rossiya).

 

1. Zurab Makatsarli (Rossiya);

 

2. Nurali uli Bekzat (Qozog‘iston);

 

3. Ozod  O‘rinboyev (O‘zbekiston);

 

3. Arslanbek Turdurbekov (Qirg‘iziston).

 

Erkin yo‘nalish bo‘yicha qizlar:

 

48 kg. vazn toifasi

 

1. Muxlisaxon Sotvoldiyeva (O‘zbekiston);

 

2. Aygerim Retbayeva (Qozog‘iston);  

 

3. Balimay Tolegayev (Qozog‘iston);

 

3. Durdona Karimova (O‘zbekiston).

 

52 kg. vazn toifasi

 

1. Yulduz Abdullayeva (O‘zbekiston);

 

2. Zalina Islomova (Rossiya);

 

3. Nazerke Abiltayeva (Qozog‘iston);

 

3. Shahnoza Abduqodirova (O‘zbekiston).

 

58 kg. vazn toifasi

 

1. Olga Shugayeva (Rossiya);

 

2. Ayaulm Kuanishova (Qozog‘iston);

 

3. Sagat Baigarayeva (Qozog‘iston);

 

3. Aksungul Jangaboyeva (O‘zbekiston).  

 

66 kg. vazn toifasi

 

1. Asijan Orunbasarova (Qozog‘iston);

 

2. Jahona Esonova (O‘zbekiston);

 

3. Juldiz Jumaxan (Qozog‘iston);

 

3. Mashhura Sunnatillayeva (O‘zbekiston).  

 

76 kg. vazn toifasi

 

1. Zeboxon Nosirova (O‘zbekiston);

 

2. Becket Kaddigul (Qozog‘iston);

 

3. Dinoraxon Qosimova (O‘zbekiston);

 

3. Dina Bodan (Qozog‘iston).  

 

+76 kg. vazn toifasi

 

1. Aizxan Anarbekova (Qirg‘iziston);

 

2. Janaya Intikbay (Qozog‘iston);

 

3. Nargiza Daryabayeva (O‘zbekiston);

 

3. Fazilatxon Tursunova (O‘zbekiston).

[gallery-4835]

Muhammad AMIN (surat),  O‘zA