Kecha Jizzax olimpiya zaxiralar kollejida Prezident maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi ikki smenda bo‘lib o‘tdi.
O‘quvchilar mazkur bosqichda 60 daqiqa ichida matematika fanidan test ishladilar.
Bu yil Jizzax Prezident maktabiga kirish uchun jami 2 ming 990 nafar o‘quvchi hujjat topshirgan bo‘lsa, shundan 24 nafari saralanib o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
—Bu yilgi kirish imtihonlarida o‘quvchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida barcha zaruriy choralar qo‘llanilgan, - deydi Prezident ta’lim muassasalari agentligi Jizzax viloyat hududiy bo‘lim boshlig‘i Shohida Damanova.
— Bundan tashqari o‘quvchilarning salomatliklarini saqlash maqsadida kirish yo‘lagida dezinfeksiya qilindi. Shu bilan birga tibbiy niqob hamda boshqa xavfsiz choralar ko‘rildi.
Keyingi bosqichga o‘tgan o‘quvchilar ingliz tili va mantiqiy fikrlashdan imtihon topshiradilar.
Bugun Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga saralash imtihonlarining uchinchi bosqichiga start berildi.
Jamshid YORBEKOV (surat),O‘zA