Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda pedagoglar sinovdan o‘tkazildi
09:20 / 2024-02-20

Jizzax shahridagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilda Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning birinchi saralash bosqich test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Jizzax viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 198 nafar hamda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlardan 21 nafar tavsiya etilgan nomzodlar ushbu test sinovlarida ishtirok etdi. Mazkur bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzod pedagoglar navbatdagi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.  

Ikkinchi bosqichda esa umumta’lim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbatdan o‘tishi ko‘zda tutilgan.  

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),

O‘zA muxbirlari