Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar koʻpaymoqda
18:58 / 2020-09-03

Arnasoy tumani Boʻston mahallasida yashovchi Zuhra Ergasheva tikish-bichish faoliyati boʻyicha oʻzini oʻzi band qilganlar roʻyxatidan oʻtgandi.


Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar Davlat soliq inspeksiyalarining tavsiyalari bilan oʻz ishlarini rivojlantirishda imtiyozli kredit olish imkoniyatlaridan ham foydalanmoqda. Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolardan 11 nafari imtiyozli kredit evaziga zarur texnika va uy hayvonlari olishdi.

Arnasoy tumani Boʻston mahallasida yashovchi Zuhra Ergasheva tikish-bichish faoliyati boʻyicha oʻzini oʻzi band qilganlar roʻyxatidan oʻtgandi. Tuman soliq inspeksiyasi tavsiyasi bilan unga bir dona tikuv mashinasi sotib olish uchun “Agrobank”ning tuman filialidan 3 yil muddatga 3,5 million soʻm kredit berildi.

– Tuman soliq inspeksiyasining yordamida oʻzimni oʻzim band qilish harakatiga qoʻshilib, toʻgʻri qilgan ekanman, endi oyiga 115 ming toʻlab ish stajiga ega boʻlish bilan birga imtiyozli kredit olib oilaviy iqtisodimni ham oʻnglayapman, – deydi Sharof Rashidov tumani Koʻrpasoy qishlogʻida yashovchi Azimjon Rajabov. – “Xalq banki” tuman filialining 10 million soʻmlik krediti evaziga 2 bosh qoramol sotib oldim. 3 yil muddatga olti oylik imtiyoz bilan berilgan kredit menga juda maʼqul boʻldi. Davlatimiz tomonidan oʻzini oʻzi ish bilan taʼminlash imkoniyati yaratilganidan mamnunman.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, hozirgacha oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar 21 ta tikuv mashinasi, 3 bosh qoramol va issiqxona qurish uchun yer maydonlariga ega boʻlishgan.