Jizzaxda nogiron bolalar uchun ijtimoiy taksi xizmati yo‘lga qo‘yildi
Jizzax shahrida nogironligi bo‘lgan maktab yoshidagi bolalar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy taksi xizmati o‘z faoliyatini boshladi.
Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Mahalliy ijtimoiy himoya agentligi tomonidan “Yandex Uzbekistan” hamkorligida amalga oshirilmoqda.
2025 yil bahorida dastlab Toshkent, Samarqand va Andijon shaharlarida sinov tariqasida joriy etilgan ijtimoiy taksi xizmati bugungi kunda Jizzax, Buxoro, Qarshi, Farg‘ona, Urganch, Qo‘qon, Namangan, Navoiy, Nukus, Guliston va Xiva shaharlarida ham ish boshladi.
Loyiha doirasida davlat har bir bola uchun oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravari — 494 400 so‘m miqdorida transport xarajatlarini qoplab beradi. Bu mablag‘ bolaga berilgan imtiyoz turiga qarab, safar narxining 60 yoki 100 foizini tashkil qilishi mumkin.
O‘zA