Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda muddatidan oldin ovoz berish ertaga yakunlanadi
20:49 / 2023-04-25

Jizzax viloyatida referendum kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar muddatidan oldin ovoz bermoqda. Joriy yilning 25 aprel ertalab soat 8:00 holatiga jami 3 ming 251 nafar fuqaro tomonidan muddatidan oldin ovoz berildi.

Muddatidan oldin ovoz berish jarayonining birinchi kuni – 19 aprel sanasida 522 ta saylov uchastkasidan jami 549 nafar fuqaro ovoz bergan edi. Shuningdek, 20–23 aprel kunlari esa 1 ming 562 nafar fuqarolar ovoz berish huquqidan foydalangan bo‘lsa, kuni kecha 24 aprel kuni 1 ming 140 nafar fuqaro xizmat safariga va boshqa masalalar sababli o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi sababli muddatidan oldin ovoz berdi va shu orqali jizzaxliklar  referendumga o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etdi.

Sharof Rashidov tumani  “Jizzaxlik” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Toshkentlik” ko‘chasida yashovchi Lobar Ne’matova muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalanganlardan biri.

– Salomatligimni tiklash maqsadida sihatgohga jo‘nab ketishim munosabati bilan barcha belgilangan qonun-qoidalarga to‘la rioya qilgan holda, o‘zim istiqomat qilayotgan Sharof Rashidov tumanidagi 159-referendum uchastkasidan mamlakatimiz kelajagi uchun muddatidan oldin o‘z ovozimni berib, fuqarolaik burchimni ado etdim. 30 aprel kuni men kabi yashash joyida zarurat tufayli bo‘la olmaydigan hamyurtlarimni muddatidan oldin, imkoni borlar esa o‘sha kuni Referendumda faol ishtirok etishga va o‘z fuqarolik imkoniyatlaridan foydalanishga chorlayman, – deydi fuqaro Lobar Ne’matova.  

Fuqarolarning muddatidan oldin ovoz berishi referendum kuni ovoz berish mexanizmi kabi tashkil etildi. Byulleten maxsus jahozlangan yashirin ovoz berish kabinasiga ovoz beruvchi fuqaro tomonidan mustaqil qaror qabul qilish orqali to‘ldirilishi ta’minlandi. Ovoz bergan fuqaro to‘ldirgan byulletinni yopiq konvertga solib, yelimlab yopgan holatda uchastka komissiyasi a’zosiga topshirdi. Komissiya a’zosi ovoz beruvchi fuqaro hozirligida konvertning yopiqligini tekshirib, konvertning yelimlangan joyiga uchastka komissiyasining ikki nafar a’zosining imzolari qo‘yilib, komissiyaning muhri bilan tasdiqlandi.

Muddatidan oldin to‘ldirilgan byulletenlar konvertda muhrlangan holatda referendum kuni ovoz berish jarayoni yakunlanguniga qadar uchastka komissiyasining seyfida saqlanadi. Uchastka komissiyasi a’zosi muddatidan oldin ovoz bergan har bir fuqaroni SJBATdagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatida muddatidan oldin ovoz bergan fuqaro sifatida belgilab bordi. Har bir uchastkada SJBATga kiritilgan ma’lumot 4-okrug komissiyasining shu masalaga mas’ul a’zosi tomonidan tumanlar kesimida umumlashtirib, muddatidan oldin ovoz bergan fuqarolar ro‘yxati elektron tarzda shakllantirildi.  

A.QAYUMOV, O‘zA