Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda jamoat transportida xizmat ko‘rsatish qay darajada?
11:09 / 2022-01-31

Aholining uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qilishda transport vositalari eng yaqin ko‘makchi.

Shu bois Jizzax viloyatining barcha hududlarida ham jamoat transporti xavfsizligini ta’minlash aholini o‘z manziliga yetkazishda yo‘lovchi transport vositalarining sozligi doim nazoratda.

Ayni paytda, viloyatda 182 ta yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va 130 nafar ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan qo‘shib hisoblaganda, jami 312 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mavjud. Ularning tarkibida litsenziyalangan 345 ta avtobus, 70 ta mikroavtobus, 2 ming 298 ta yengil, 208 ta yuk, jami 2 ming 921 ta avtotransport vositalari bo‘lib, samarali ravishda faoliyat olib bormoqda.

Ushbu transport korxonalarining asosiy va birlamchi vazifalaridan biri – aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, aholining transport vositalardan foydalanish chog‘ida mavjud muammolarni bartaraf etishdan iborat.

Buni birlamchi maqsadga aylantirgan transport korxonalari yo‘lovchi tashuvchi avtotransport vositalarini har 6 oyda, yuk tashuvchi transport vositalarini bir yilda 1 marotaba texnik ko‘rikdan o‘tkazadi va yo‘lovchi hamda yuk tashishga qay darajada tayyor ekanligi to‘g‘risida xulosa qiladi.

G‘ayrat Mavlonov rahbarligidagi “A’lo prestij servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2011 yildan buyon o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Hozirgi kunda korxona hisobida 1 ta avtobus, 17 ta mikroavtobus hamda 30 ta yengil mashina mavjud bo‘lib, har kuni ishga chiqish oldidan ushbu yo‘lovchi tashuvchi transport vositalarining haydovchilari tibbiy, ular boshqaruvidagi transport vositalari esa texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Mazkur ko‘riklarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlashdan iborat.

Vositbek Isakov boshchiligidagi “Oybek supper trans” MCHJ – aholi soni va transport vositalariga bo‘lgan talablarni inobatga olgan holda 2013 yil faoliyatini 3 ta avtobus bilan boshlagan bo‘lsa, hozirda 50 dan ortiq avtobusda aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

MCHJ jamoasi har yili yangi avtobuslar xarid qiladi. Birgina o‘tgan yil misolida 16 ta yangi avtobus olib kelindi va hozirda korxonadagi barcha avtobuslar o‘z ish faoliyatini qish fasli ekanligi sabab ertalab soat 6:30 dan, kech soat 21:00 gacha olib bormoqda. Tabiyki, ish vaqti grafigi fasllar davomidagi kun uzayib, qisqarishidan kelib chiqib belgilanadi.

Eng muhimi, jizzaxlik fuqarolarga sifatli va arzon narxlarda xizmat ko‘rsatish uchun viloyatdagi jamoat transporti jamoalari “Elga xizmat – oliy himmat” naqlini o‘z shioriga aylanitirgan.

Ma’rifat Mavlanova, 
Jizzax viloyati transport boshqarmasi matbuot kotibi.

O‘zA