Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda issiqlik elektr stansiyasi qurilishiga start berildi
14:15 / 2023-08-10

Prezidentimiz joriy yil 8 avgust kuni onlayn tarzda o‘tkazgan tadbirda Jizzaxdagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishiga start berildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, “Cenergo” MCHJ bosh direktori janob Esat Kaner Karabay, mehnat faxriylari hamda quruvchilar ishtirok etdi.  

Davlatimiz rahbarining “Jizzax viloyatida quvvati 450 MVt bo‘lgan bug‘-gaz issiqlik elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan elektr energetika tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va aholini energiya resurslari bilan barqaror va sifatli ta’minlash maqsadida viloyatning Sharof Rashidov tumanida bug‘-gaz issiqlik elektr stansiyasi qurilishi uchun tamal toshi qo‘yildi.  

Loyiha qiymati aslida 340 million AQSH dollari, quvvati 450 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi turkiyalik investorlarning taklifiga binoan yangi barpo etiladigan stansiya uchun 500 million  AQSH dollari sarmoya kiritilib, quvvati 520 MVtga yetkaziladigan bo‘ldi.  

Davlatimiz rahbari onlayn tarzda o‘tkazilgan tadbirda Jizzaxdagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishiga start berdi. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Axmedxadjayev onlayn muloqotda Prezidentga Jizzaxdagi bug‘-gaz issiqlik elektrostansiyasining qurilish loyihasi va istiqbollari haqida ma’lumot berdi.  

Issiqlik elektr stansiyasi qurilishini investor Turkiyaning “CENGIZ ENERJI SAN.VE TICA. ş” va loyihachi kompaniya “Cenergo” MCHJ tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun massivdan 9,5 gektar yer maydoni ajratildi.  

Issiqlik elektr stansiyasida yillik 4 milliard 100 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Yangi barpo etiladigan elektr stansiyasi – viloyat yillik elektr iste’molini 1 milliard 600 million kVt soat ortig‘i bilan qoplaydi. Natijada 700 million kub tabiiy gaz tejaladi.  

Ushbu issiqlik elektr stansiyasini 2025 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.  

A.QAYUMOV,  

J.YORBEKOV (surat), O‘zA