FOTOREPORTAJ
Jizzax shahrida “Ishbilarmon ayol – 2023” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida tashkil etilgan tanlov ishbilarmon ayollar, tadbirkorlik faoliyatini endigina boshlagan qizlar uchun sohada bilim oshirish va o‘zaro tajriba almashish maydoni vazifasini o‘tamoqda.
Joriy yilda ko‘rik-tanlovning shahar va tuman bosqichlarida 100 dan ziyod tadbirkor va fermer ayol o‘z loyihasi bilan ishtirok etdi.
[gallery-13148]
Ko‘rik-tanlovning hududiy bosqichida tajribali hakamlar hay’ati a’zolari ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazma va taqdim etilgan hujjatlarni ko‘zdan kechirib xolisona baholab bordi.
Baholash jarayonida ishtirokchilar tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport salohiyati, investitsiyalar jalb qilish va shu kabi mezonlar alohida e’tiborga olindi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Forish tumanlik Yakka tartibdagi tadbirkor Laylo Ilhomova tanlov g‘olibi, deb topildi. Keyingi o‘rinlarga Zuhra Yigitova hamda Zarifa Anorboyeva loyiq ko‘rildi.
Ko‘rik-tanlov yakunida barcha ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA