Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda “Ishbilarmon ayol – 2025” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
15:56 / 2025-08-29

Mamlakatimizda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligi, tadbirkorlik qobiliyati va jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish maqsadida O‘zLiDeP tomonidan an’anaviy tarzda tashkil etiladigan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi bugungi kunda e’tiborga molik loyihalardan biri sifatida keng jamoatchilik orasida tanilgan.

Bu yilgi tanlovning Jizzax viloyati bosqichi ham g‘oyatda qizg‘in tarzda o‘tdi.  Uning mahalla, tuman va shahar bosqichlarida 1000 nafarga yaqin faol ayollar ishtirok etdi. Ularning 386 nafari  viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi. Mazkur tanlov nafaqat raqobat, balki tajriba almashish va yangi g‘oyalarni o‘rtoqlashish imkonini ham yaratdi.

Tantanali tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimlari Sevara Muslimova va Elmurod Panjiyev, partiyaning Jizzax viloyat Kengashi raisi Erkin Xolmatov, mahalliy Kengash deputatlari va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Xaqiqiy mehnat, novatorlik va mahorati bilan alohida ajralib turgan ishtirokchilar o‘rtasida g‘olibni aniqlash hay’at uchun oson kechmadi. Ko‘plab bahs va muhokamalardan so‘ng, G‘allaorol tumanidagi “Shabnam Texstil” MCHJ rahbari Gulbahor Murotova “Jizzax viloyatining 2025 yilgi eng ishbilarmon ayoli” deb e’tirof etildi.

Zarbdor tumanidagi “Zirapcha” MCHJ rahbari Komila Jo‘rayeva ikkinchi, Jizzax shahridagi “Elsevar Diyor” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Mavjuda Ibragimova esa uchinchi o‘ringa munosib deb topildi.

[gallery-25038]

Bundan tashqari, tanlov doirasida qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi va ular tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari