Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda investorlarga aniq loyihalar paketini taklif qiladigan muhit shakllandi
17:06 / 2025-12-02

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun viloyatda har bir tumanning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, investorlarga aniq loyihalar paketini taklif qiladigan muhit shakllandi.  

Viloyatdagi ulkan salohiyat hisobiga hozirning o‘zida 12 milliard dollarlik 152 ta yirik investitsiya loyihasi portfeli tayyor ekani e’lon qilindi.  

Ular amalga oshirilsa, viloyat sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm sohasida yanada rivojlangan va jozibador hududga aylanadi. Xususan, viloyatning tog‘li, suvli va yaylov hududlari bog‘dorchilik hamda turizm bo‘yicha, dasht va cho‘l yeri ko‘p tumanlar esa sanoat bo‘yicha yangicha yondashuvlar asosida rivojlantiriladi.  

Shuningdek, sanoat zonalaridagi 3 ta direksiya negizida investorlarni kutib olish, ularga hamrohlik qilish, marketing bilan shug‘ullanadigan Yagona boshqaruv kompaniyasi tashkil qilinadi.  

Ushbu kompaniyaga sanoat zonalarida joylashadigan loyihalarga yerning bozor qiymatida ulushdor bo‘lib kirish vakolati beriladi.

O‘zA