Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda ikkita tuman ichki ishlar boʻlimi yangi binoda ish boshladi
17:05 / 2019-10-26

Jizzax viloyati Zarbdor hamda Forish tumanlari ichki ishlar boʻlimlarining yangi binolari foydalanishga topshirildi.


Jizzax viloyati Zarbdor hamda Forish tumanlari ichki ishlar boʻlimlarining yangi binolari foydalanishga topshirildi.

Mamlakatimiz ichki ishlar xodimlari bayrami Zarbdor tuman IIB shaxsiy tarkibi uchun yanada quvonchli oʻtdi. Shu kuni tuman ichki ishlar boʻlimi uchun qurilgan ikki qavatli yangi binoni foydalanishga topshirishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Tadbirda viloyat hokimi Ergash Soliyev, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov, tuman faollari, ichki ishlar faxriylari, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari vakillari qatnashdi.

Tadbirda tuman ichki ishlar boʻlimi shaxsiy tarkibini kasb bayramlari va yangi bino bilan tabriklab, qabul qilingan sohaga doir tegishli tegishli hujjatlar asosida ichki ishlar tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli aholining tinchlik va xavfsizligini taʼminlashda, fuqarolarning huquqlarini ishonchli himoya qilishning izchil tizimi yaratilganligi taʼkidlandi.

Ikki qavatli yangi zamonaviy inshootda huquq-tartibot posbonlari samarali faoliyat koʻrsatishlari uchun barcha qulayliklar mavjud. Binoda maʼrifat xonasi, maxsus tergov majmuasi, tuman markazidagi videokuzatuv kameralariga ulangan sitiuatsion markaz, yotoqxona, oshxona faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Patrul-post xizmati, yoʻl harakati xavfsizligi va boshqa tezkor qismlar boʻlimning geoinformatsion tizimi orqali boshqaradi.

Bular hammasi xodimlarning siyosiy, maʼrifiy va jangovar tayyorgarligini kuchaytirishga, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish, ularni tez fursatlarda fosh etishga xizmat qiladi.

– Xodimlarga qulay ish sharoitlarining yaratilishi ularning samarali ishlashi uchun muhim ahamiyatga ega, – deydi ichki ishlar faxriysi Abdulla Azimov. – Ammo bizlar tuman ichki ishlar boʻlimida ishlagan davrimizda bunday sharoitlar hatto orzu ham qilolmaganmiz. Davlatimiz eʼtibori bilan yaratib berilgan bunday qulay sharoitlar jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga, aholi tinchligi va osoyishtaligini ishonchli taʼminlashga xizmat qiladi.

Viloyatning Forish tumani ichki ishlar boʻlimi binosi kapital taʼmirdan chiqarilib foydalanishga topshirildi.