French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda harbiy-vatanparvarlik karvoni
19:55 / 2026-01-13

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 34 yilligi hamda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Jizzax shahrida keng ko‘lamli harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazildi.

Jizzaax shahrida o‘tgan ushbu “Vatanparvarlik karvoni” Davlat xizmatlari markazi oldidan boshlanib, shaharning Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bo‘ylab davom etdi.  

Yurishga mudofaaga ko‘maklashuvchi vatanparvar tashkilotlarning Davlat bayroqlari bilan bezatilgan avtomashinalari boshchilik qildi. Ular ortidan Milliy gvardiyaning otliq kavaleriyasi, harbiy xizmatchilar hamda viloyat kuch tuzilmalari harbiy orkestr sadolari ostida Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bo‘ylab mardonavor yurish qildi.

[gallery-27093]

Tadbir doirasida tashkil etilgan harbiy-vatanparvarlik festivalida milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyati va mamlakat tinchligini ta’minlashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.  

Harbiy orkestr chiqishlari, faxriy qorovul askarlarining namoyishlari hamda ko‘rgazmali jangovar sahnalari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Harbiy yurish Sharof Rashidov haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bilan yakunlandi.

Ayni kunlarda bayram tadbirlari Jizzax vohasining barcha hududlarida  ham ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat) O‘zA muxbirlari