Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda harbiy orkestr jamoasi qorbobo libosida
14:19 / 2022-12-29

Markaziy harbiy okrugi Jizzax garnizonidagi ma’naviyat va ma’rifat markazining harbiy orkestr jamoasi harbiy “Vatanparvarlik oyligi” doirasida yurtdoshlarimizga Yangi yil bayrami kayfiyatini ulashish maqsadida Yangi yil archasi o‘rnatilgan maydonlarda konsert dasturlarini namoyish etmoqda.

Harbiy orkestr jamoasi tantanavorlik va vatanparvarlik ruhini shaklantiruvchi jozibador kuylari, ko‘ngilochar dasturlari bilan tinglovchilarda bayramona kayfiyat va ko‘tarinki ruh uyg‘otayotir.  

Harbiy ijodkorlarning ona Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlari, klassik va milliy kuylari jizzaxliklarga va ayniqsa, bayramni nishonlashga chiqqan harbiy xizmatchilarning farzandlarida chuqur taassurot qoldirmoqda.

[gallery-10120]

Harbiy orkestrning Qorbobo kiyimlarida markaziy ko‘chalar, ko‘ngilochar savdo markazlari bo‘ylab o‘tkazgan tantanavor namoyishlari yurtdoshlarimizni “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” ekanligini namoyon etmoqda.

Jizzax viloyatining barcha shahar va tumanlarida harbiy “Vatanparvarlik oyiligi” bayramona va ko‘tarinki ruhda qizg‘in davom etmoqda.

 

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA