Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda ham yoshlar kuni keng nishonlanmoqda
12:08 / 2024-06-19

Jizzaxda ham 30 iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan galakonsert bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimi Ergash Soliyev, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va boshqalar so‘zga chiqib, ishtirokchilarni hayit bayrami va yoshlar kuni bilan tabrikladi.

Ertalabdan Jizzax shahridagi “Yoshlar sayilgohi” ko‘chasi yigit-qizlar, o‘quvchi va talaba yoshlar bilan gavjum bo‘ldi. Chunki bu yerda “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan festival doirasida 20 dan ortiq loyiha, ko‘rgazmali chiqishlar, tanlov va sport musobaqalari tashkil etildi. 

“Uzchyess”, “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa targ‘iboti” loyihalari, “Yosh musavvirlar”, “Jadidlar bilimdoni” ko‘rik-tanlovlari, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Karaoke”, “Talant shou”, IT va startaplar, yosh hunarmand va tadbirkorlar tomonidan yaratilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmalari, yosh oshpazlar bellashuvi kabi tadbirlar barchaga manzur bo‘ldi.

Konsert dasturi avvalida 54 nafar jizzaxlik yoshlarga uy-joyga egalik qilish uchun maxsus order va yangi uylarning kalitlari tantanali topshirildi. Shuningdek, “Parij – 2024” yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan 4 nafar jizzaxlik yoshlarning har biriga 150 million so‘mdan pul mukofotlari berildi. Yoshlar siyosati sohasida faollik ko‘rsatgan 20 nafar yosh xodimlar ham e’tirof etilib munosib taqdirlandi.

A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat), O‘zA