English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda fuqarolar bilan muloqotlar
12:30 / 2023-09-09

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari I.Muslimov raisligida Sharof Rashidov tumani hududida jinoyatchilikning oldini olish va “qizil” toifadagi mahallalarda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida “Sayyor sudlar” o‘tkazildi. Tadbirda Jizzax viloyat sudi raisi O‘.Jumayev, tuman hokimi M.Xolbo‘tayev, tuman IIB boshlig‘i vazifasini bajaruvchi podpolkovnik L.Narbekov va sektorlar, tuman tashkilotlari rahbarlari qatnashdi.

Tadbir tumanning Yangiobod, Uchtepa, Qahramon, va Ravalliq mahallalarida tashkil etildi. Ushbu “Sayyor sud”lar davomida 15 ta ish hujjatlari ko‘rilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar eshitildi.  

[gallery-13508]

***  

Zafarobod tumanida  Oliy sud sudyasi Elbek Turg‘unboyev bilan fuqarolar va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi O‘tkirbek Rahmanov, tumandagi Prezident Xalq qabulxonasi mudiri, sektorlar rahbarlari, tuman adliya bo‘limi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, mutasaddi korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchisi, uchastka profilaktika inspektorlari ishtirok etdi.  

Uchrashuvda E.Turg‘unboyev so‘nggi yillarda ko‘p uchrayotgan jinoyatchiliklar to‘g‘risida, xususan, firibgarlik, giyohvandlik, shuningdek, oilaviy ajrimlar, ularning jamiyatga keltirayotgan zararlari haqida ma’lumot berdi. Tadbirlar so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan mavzuga oid savollariga javob oldi.  

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari