Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda firibgarlik va odam savdosi bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi
09:42 / 2022-03-02

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yashovchi, 1990 y.t. shaxs ushbu tumanda istiqomat qiluvchi, 1998 y.t. fuqaroning ishonchiga kirib, uni Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish va u yerda ishga joylashuvida yordam berishini aytib, 35 ming AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQK departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan puldan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Jizzax viloyatida kuzatilgan yana bir holatda DXX va viloyat IIB xodimlari tomonidan mahalliy fuqaroni xorijiy davlatga olib ketayotgan shaxslar ushlandi.

Xususan, Zomin tumanida yashovchi, 1996 y.t. ayol Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi sherigi bilan birgalikda, G‘allaorol tumanida yashovchi 1997 y.t. fuqaroni Turkiya davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun olib ketayotgan vaqtlarida Do‘stlik tumanidagi «Manas 14» YPX maskanida to‘xtatib qolindi.

Tekshiruv davomida, Toshkent xalqaro aeroportiga ketayotgan ushbu shaxslar yonida «Toshkent – Istanbul» yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar va PSR-test ma’lumotnomalari borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hCqbfiQg0GU" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>