Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda dzyudo keng ommalashmoqda
12:10 / 2025-09-15

Yurtimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlarni sportga keng jalb etish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Sport infratuzilmasining yangilanishi, bolalar va o‘smirlar uchun to‘garaklar tashkil etilishi kabi sohadagi islohotlar Jizzax viloyatida ham o‘z samaralarini bermoqda.

O‘zbekiston dzyudochilarining Osiyo va jahon chempionatlarida qo‘lga kiritayotgan yutuqlari jizzaxlik yoshlarning ushbu sport turiga qiziqishini yanada kuchaytirmoqda. Tuman va viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan musobaqalar, ommaviy sport tadbirlari dzyudoning ommalashuviga xizmat qilayotir.  

– Hozirda viloyatdagi mavjud 10 dan ortiq dzyudo to‘garagida 2 mingdan ziyod o‘smir dzyudo sporti bilan shug‘ullanmoqda, - deydi viloyat Dzyudo federatsiyasi ijrochi direktori Abbos Tuxmanov. – Joriy yilning o‘zida xalqaro musobaqalarda sportchilarimiz 7 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

[gallery-25300]

Yaqinda Bolgariyada o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida ham jizzaxlik sportchilar 5 ta oltin, 3 ta bronza medaliga ega chiqib, umumjamoa hisobida birinchi o‘ringa ega chiqdi. Jamoaviy bahslarda esa ular ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Quvonarlisi, ushbu musobaqada viloyat sportchi qizlari – Dinora Hasanova hamda Gulmira Xolmirzayeva jahon chempionligiga sazovor bo‘ldi.  

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 20 iyundagi “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Jizzaxning “Yangi O‘zbekiston” mavzesida Kurash mahorat maktabi barpo etilib, viloyat sportchilariga topshirildi.  Mazkur maktab qoshida dzyudo sport turi bilan shug‘ullanish uchun ham imkoniyat yaratilgan.

Ayni kunlarda viloyatning barcha tumanlarida yoshlarning dzyudo sport turi bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Bu esa kelajakda yana ko‘plab chempionlar yetishib chiqishiga zamin yaratadi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/_xbQqgZJxFY?si=fub-rRKB2mgP8859" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jamshid YORBEKOV(surat,video),O‘zA