Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda DXX boshqarmasi boshlig‘i kubogini zominlik yoshlar qo‘lga kiritdi
15:25 / 2021-06-11

Jizzax viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi boshlig‘ining kubogi uchun uyushmagan yoshlar o‘rtasidagi sportning mini futbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar yakunlandi.

Joriy yilda ilk bor sportning mini futbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar mahallalardagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, do‘stlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Viloyatdagi mavjud 295 ta mahallaning barchasida shakllantirilgan jamoalar avval o‘z hududlaridagi, so‘ng sektorlar o‘rtasidagi bosqichlarida kuch sinashdi. Har bir tumaning g‘olib jamoalari viloyat bosqichida 4 ta guruhga bo‘lingan holda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi.

Musobaqaning yarim final va final uchrashuvlari Zomin tumani markaziy stadionida bo‘lib o‘tdi. Kubokka egalik uchun hal qiluvchi bellashuv Zominning G‘afur G‘ulom mahallasi va Zarbdorning Taraqqiyot mahallasi yoshlari jamoalari o‘rtasida kechdi. Final uchrashuvda zominlik yoshlar 4:2 hisobida g‘olib chiqib, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi boshlig‘ining kubogini va musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoaga kubok tantanali topshirildi. Shuningdek, musobaqaning eng yaxshi ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.

Musobaqa yakunida yoshlarning sevimli xonandalari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. Sport bayrami mushakbozlik shousi bilan yakunlandi.

 

T.Beknazarov, J.Yorbekov (surat), O‘zA