Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda AI-80 avtobenzinning narxi qancha? (+video)
19:13 / 2022-12-16

Mamlakatimizda AI-80 markali avtobenzin mahsuloti narxi 5700 so‘m etib belgilandi. Xo‘sh? Iste’molchilar bu narxdagi benzinni qayerlardan xarid qilib olishlari mumkin. Arzon narxdagi benzin ta’minotida uzilishlar bo‘lmayaptimi? Shu kabi savollar bilan “Jizzax neft baza” MCHJ xodimlari bilan suhbatlashdik.

Prezidentimizning “Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, kuz-qish mavsumida iste’molchilarning avtobenzin mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida ta’minlash, ularning narxlarini barqarorlashtirish hamda aholining ortiqcha sarf-xarajatlarini qisqartirish yuzasidan “O‘zbekneftgaz” AJ AYOQSHlarida AI-80 markali avtobenzini narxi 5700 so‘m qilib belgilandi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/S5HGK86Viqg" title="Jizzaxda AI-80 avtobenzinning narxi qancha?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe> 

Jumladan, yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 markali avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘ini “nol” stavkada belgilandi. Joriy yilning 13 dekabr kunidan boshlab “O‘zbeknefgaz” AJ tasarrufidagi barcha AYOQSHlarda AI-80 benzinining chakana narxi 1 litri uchun 5700 so‘mdan sotilmoqda. Eslatib o‘tamiz, iste’molchilar G‘allaorol, Baxmal, Sharof Rashidov, Forish, Do‘stlik tumanlari va Jizzax shahridagi Jizzax neft baza MCHJ  ga qarashli AYOQSH lardan AI 80 avtobenzinni 5700 so‘mdan xarid qilishlari mumkin. 2022 yil 12 dekabr holatiga tasarrufdagi neft bazalar, neftni qayta ishlash zavodlarida 26,5 ming tonna avtobenzin qoldiqlari mavjud. Neftni qayta ishlash zavodlarida 76,1 ming tonna xom-ashyo zaxirasi yaratilgan.  

Aytish kerakki, Jizzax neft baza xodimlari tomonidan iste’molchilarning avtobenzin mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaktida ta’minlash, ularning narxlarini barqarorlashtirish hamda aholining ortiqcha sarf-xarajatlarini qisqartirish maqsadida shaxobchalarda nazorat tadbirlari ham olib borilmoqda.  

A.Qayumov, O‘zA