Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda 71 yoshli fuqaroni urib yuborib qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi
09:15 / 2022-08-01

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni Zomin tumanida yashovchi fuqaro o‘zining “Damas” rusumli avtotransport vositasida sodir etgani aniqlandi.

Joriy yil 23 iyul kuni kech soat 21:00 larda A-376 Qo‘qon-Jizzax avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumani “G‘ozg‘ontepa” mahallasi hududidan o‘tgan 292-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Noma’lum haydovchi piyodani urib yuborib, unga yordam ko‘rsatmasdan hodisa joyidan qochib ketgan. Oqibatda, Sharof Rashidov tumani “Baxt” mahallasida yashovchi 71 yoshli fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib voqea yuz bergan joyda vafot etgan.

Holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni Zomin tumani “Guliston” mahallasida yashovchi fuqaro o‘zining boshqaruvidagi “Damas” mashinasi bilan sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi protsessual tarzda ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

A.Qayumov, O‘zA