Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax yanada yuksak o‘zgarishlar og‘ushida
12:35 / 2026-02-05

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2026-2027 yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Jizzax viloyatida 2026-2027 yillar: 

a) yalpi hududiy mahsulot hajmi yillik o‘rtacha 8,5 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,8 foizga, bozor xizmatlari hajmi 13,2 foizga hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 4,6 foizga o‘sishi ta’minlanadi; 

b) 2026 yilda ishsizlik darajasi 3 foizga va kambag‘allik darajasi 2,8 foizga tushiriladi, Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Baxmal, G‘allaorol, Do‘stlik, Zomin va Zafarobod tumanlari kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi;

v) xorijiy investitsiyalar umumiy miqdori 5 milliard AQSH dollari va hududiy eksport hajmi 2026 yilda 500 million AQSH dollariga yetkaziladi hamda yashirin iqtisodiyot ulushi 30 foizga qisqartiriladi; 

g) 2026 yilda 182 ta mahalla jinoyatchilikdan xoli hududga aylantiriladi.

Qaror bilan Jizzax viloyatida 2026-2027 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2026 yil yakuniga qadar jami qiymati 1,5 milliard AQSH dollari bo‘lgan 39 ta yirik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. 

Tog‘li hududlarda mavjud imkoniyatlar to‘liq ruyobga chiqariladi, tabiiy resurslardan samarali foydalanish hamda zarur infratuzilmani yaratish orqali investitsiyalar keng jalb qilinishi ta’minlanadi. 

Baxmal, G‘allaorol, Zomin, Forish va boshqa tumanlarning 57 ta bog‘dorchilikka ixtisoslashgan mahallalarida 5 ming gektar eski bog‘ va tokzorlar yangilanadi hamda 4,6 ming gektar yer maydonida yangi intensiv sanoatlashgan plantatsiyalar tashkil etiladi.

Sharof Rashidov, G‘allaorol, Zarbdor, Yangiobod, Zomin, Mirzacho‘l, Baxmal va boshqa tumanlarning 126 ta sabzavot va polizchilikka ixtisoslashgan mahallalarida 10 ming gektar aholi tomorqasi va ijara yer maydonlarida hosildorligi yuqori va eksportbop mahsulotlar yetishtirilishi ta’minlanadi.

Forish, G‘allaorol, Do‘stlik, Zafarobod, Mirzacho‘l va boshqa tumanlarda chorvachilikka ixtisoslashgan 140 ta mahallada 101ming bosh chorva mollarining naslini yaxshilash yo‘lga qo‘yiladi.

50 ta mahalla sanoatga ixtisoslashtiriladi, Sharof Rashidov, Do‘stlik, G‘allaorol, Arnasoy va Zafarobod tumanlarida 40 ta mahallani o‘z faoliyati bilan qamrab oluvchi 5 ta tadbirkorlik markazlari tashkil etiladi. 

Tajriba-sinov tariqasida viloyatdagi erkin iqtisodiy zonadagi korxonalar, shu jumladan, avtomobilsozlik korxonalari atrofidagi 15 ta mahallada kooperatsiya orqali kichik ishlab chiqarishlar kengaytiriladi. 

Arnasoy, Baxmal, Zafarobod, Forish va Sharof Rashidov tumanlarida 5 ta yirik turizm komplekslari hamda turizmga ixtisoslashgan 25 ta mahallada turizm xizmatlari va ob’ektlari; 

viloyat hududidan o‘tgan 158 km uzunlikdagi xalqaro hamda 1,4 ming km uzunlikdagi davlat ahamiyatidagi yo‘llar bo‘yida 1 000 ta savdo, logistika va boshqa kichik xizmat ko‘rsatish ob’ektlari; 

shahar va tuman markazlarida bittadan istirohat bog‘lari hamda 100 ta mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi gavjum ko‘chalar tashkil etiladi.

O‘zA