Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyatida ham sel kuzatildi
15:40 / 2020-05-14

Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar qilishcha, joriy yilning 14-may kuni Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanlari hududida kuchli yogʻingarchilik kuzatildi.


Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar qilishcha, joriy yilning 14-may kuni Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanlari hududida kuchli yogʻingarchilik kuzatildi.

Natijada “Oqqoʻrgʻonlik“, “Tinchlik“, “H.Olimjon“, “Ulugʻbek“ hamda “Ziyokor“ mahallalarida yomgʻir suvlari toʻplanib, bir nechta xonadonga suv kirdi. Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yongʻin-qutqaruv texnikasi hamda 22 nafar qutqaruvchilari tomonidan xonadon egalariga amaliy yordam koʻrsatilib, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan suv toshqini hamda boshqa koʻngilsiz holatlarning oldi olindi.