Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati yangiliklari – qisqa satrlarda
11:24 / 2022-01-24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 iyundagi “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari uchun o‘quv metodik qo‘llanmalar taqdim etmoqda.

Jumladan, Forish tumanidagi 60 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi va oilaviy maktabgacha ta’lim muassasalari uchun o‘g‘il-qizlarga ta’lim tarbiya berishda qo‘llaniladigan o‘quv metodik qo‘llanmalar bepul yetkazib berildi.

* * *

Do‘stlik tumani 2-sektor rahbari, tuman prokurori A.Sakiyev tashabbusi bilan “Chinobod” mahallasidagi bo‘sh turgan bino ta’mirlanib, unda tikuvchilik sexi ish faoliyatini boshladi.

Bu binoda mahalliy tadbirkor Sevara Islomova milliy qadriyatlarimizni saqlab qolish maqsadida, quroqchilik yo‘nalishida hududdagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan va uyushmagan yosh xotin-qizlarni ish bilan ta’minladi.

* * *

3-sektor rahbari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor G‘.Qodirov boshchiligida Yangiobod tumanining “Pastkichaqir” mahalla fuqarolar yig‘ini “Bolg‘ali” hamda Sharof Rashidov tumanining “Havastlik” MFYdagi “Navbahor” qishloqlari aholisining elektr ta’minotidagi uzilishlarga barham berildi.

Har ikki tumandagi ikkala qishloqqa yangi transformatorlar o‘rnatilganidan, aholi mumnun.

* * *

Sharof Rashidov tumani “Qorayantoq” MFYda hokim yordamchisi mahalladagi ahvolni o‘rganib chiqmoqda.

U aholining talab va istaklarini hisobga olgan holda, sharoitdan kelib chiqib, qanday turdagi tadbikorlik bilan shug‘ullansa ko‘proq daromad olishlari bo‘yicha ham ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, ushbu mahallaning “Mustaqillik” ko‘chasida yashovchi Zoir Pardayev xonadonidagi 3 ta issiqxonada ko‘katlar ekish uchun yordam berdi.

* * *

Baxmal tumani “Saroy”, “Sangzor” va “Madaniyat” mahallalarida katta hashar tashkil etildi.

Ushbu mahallalardagi loy yo‘llar to‘liq shag‘allashtirilib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Tuman hokimi M.Anorboyev boshchiligida barcha sektorlar rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari ushbu hasharda faol ishtirok etdi.

* * *

Prezidentimizning 2021 yil 3 dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Arnasoy tumani G‘afur G‘ulom MFYda hokim yoramchisi Otabek Sattarov mahalani “xonadonbay” o‘rganishga kirishdi.

Mazkur o‘rganish davomida qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, “xonadonbay” ro‘yxat asosida mahalla kesimida haqiqiy ijtimoiy vaziyatni aniqlash, aholi bandligini ta’minlash, obodonlashtirishni amalga oshirish ustida ish olib bormoqda.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA