-
Zarbdor tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Ravot” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi uchun targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvarda qabul qilingan qarorlarining mazmun-mohiyati fuqarolarga oddiy va tushunarli tilda batafsil tushuntirildi. Shuningdek, ayollar jinoyatchiligi, spirtli ichimlik va giyohvandlikka bog‘liq jinoyatlarning oldini olish, mehnat munosabatlari, ish bilan ta’minlash va ish haqi to‘lash bilan bog‘liq qonunchilik masalalari yuzasidan ham atroflicha ma’lumotlar berildi.


***
BMB Holding tizimiga kiruvchi korxonalar hisobchilari uchun 2026 yilda soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbir davomida yangi soliq normalari, hisob-kitoblardagi yangiliklar hamda amaliyotda uchrashi mumkin bo‘lgan muhim jihatlar muhokama qilindi. Seminar hisobchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yangilash, qonunchilikdagi yangiliklarga o‘z vaqtida moslashishga xizmat qildi.


***
Jizzax viloyati soliq boshqarmasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarini onlayn tartibda amalga oshirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi. Unda onlayn ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari, amaliy ko‘rsatmalar, uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari batafsil tushuntirildi. Seminar xodimlarning bilim va malakasini oshirish orqali ro‘yxatga olish ishlarini samarali tashkil etishga qaratildi.



***
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati kengashi va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining 3-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi 29-sonli manzilli koloniyasida “Rahbar va yoshlar” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularni ijtimoiy hayotga qayta moslashtirish va sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

***
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ruxsatiga asosan Hindistonning “Fortis” klinikasidan bir guruh yuqori malakali professor-shifokorlar Jizzax shahriga tashrif buyurishdi. Mutaxassislar tomonidan “Madad Shifo” klinikasida ikki kun davomida onkologiya, urologiya, kardiologiya va terapiya yo‘nalishlarida bemorlar qabuli amalga oshirildi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri