Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari — qisqa satrlarda
18:11 / 2025-10-30

O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Jizzax viloyati hududiy bo‘limi jamoasi Misrning Ismailiya shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro folklor festivalida ishtirok etmoqda.

Ijodiy safar doirasida maqom yo‘llari, xalq kuy-qo‘shiqlari va milliy cholg‘ular ijrosi orqali o‘zbek xalqining boy madaniy merosi namoyish etilayotir. Jizzaxlik ijodkorlarning badiiy chiqishlari festival ishtirokchilari va tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

***

G‘allaorol xizmat ko‘rsatish va servis texnikumida “Kitobsevar millat” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlari doirasida “Ma’rifatli qiz – jamiyat tayanchi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

Tadbirda qizlarning ma’naviy saviyasini oshirish, ularni kitobxonlik va ilmga intilish ruhida tarbiyalash, jamiyatda faol va bilimli ayol sifatida shakllanishiga xizmat qiluvchi fikrlar bildirildi. 

Ishtirokchilar kitobning inson hayotidagi o‘rni, tafakkur va dunyoqarashni boyitishdagi ahamiyati haqida fikr almashdilar, o‘qigan asarlari bo‘yicha mulohazalar bildirishdi. Tadbir qizlar orasida ma’rifat va kitobxonlik muhitini mustahkamlashga yo‘naltirildi.

***

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati soha xodimlarining Zafarobod tumanidagi tungi faoliyatini o‘rgandi. O‘rganish jarayonida “Yorqin” va “Bo‘ston” mahallalarida aholi osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda profilaktika ishlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, ta’lim va tibbiyot muassasalari, jamoat joylarida xavfsiz muhitni ta’minlash holati o‘rganildi. 

Tungi reydlar davomida “SOS” tugmasi orqali kelgan chaqiruvlarga tezkor javob qaytarish bo‘yicha qo‘riqlash xizmati faoliyati ham tahlil etildi.

***

Zomin tuman adliya bo‘limi tomonidan “Duoba” mahallasida aholi va ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbirda Prezidentning 2025 yil 3 yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarni oldini olish tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. 

Shu bilan birga, xotin-qizlar va yoshlar bilan manzilli suhbatlar o‘tkazilib, huquqbuzarlik oqibatlari va oilaning tarbiyadagi roli haqida amaliy tavsiyalar berildi. Bu kabi tadbirlar fuqarolarda qonunga hurmatni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

***

Jizzax shahri mutasaddilari “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida tajriba almashinuv maqsadida Urganch shahrida bo‘lib, “Aqlli shahar” axborot tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 

Ushbu jarayonda mutaxassislar raqamli boshqaruv, kommunal xizmatlar, xavfsizlik va transport sohalarida joriy etilayotgan innovatsion yechimlarga e’tibor qaratishdi.

“Aqlli shahar” konsepsiyasi shahar infratuzilmasini raqamlashtirish, samaradorlikni oshirish va fuqarolar uchun qulay sharoitlarni yaratishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

A. Qayumov, O‘zA muxbiri