Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
19:27 / 2025-10-24

Arnasoy tumanining Cho‘lquvar mahallasida zamonaviy strit-vorkaut maydonchasi foydalanishga topshirildi. Mazkur inshoot O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining “Tashabbusli sport” loyihasi doirasida barpo etildi.

Endilikda mahalla yoshlari va aholisi ochiq havoda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun qulay sharoitlarga ega bo‘lishdi.

***

Paxtakor tumanining Bog‘ishamol mahallasidan bandlikni ta’minlash bo‘yicha ijobiy natijalar qayd etilmoqda. 

Hokim yordamchisi tomonidan 2025 yilning o‘tgan 9 oyi davomida 359 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi. 

Shulardan 106 nafari xatlov jarayonida aniqlangan ishsiz fuqarolar, 122 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan, 237 nafari esa o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. 

Bu natijalar mahalla aholisining ijtimoiy faolligi va iqtisodiy barqarorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

***

Prezidentning Zafarobod tuman xalq qabulxonasida tuman hokimi G‘ayrat Eshpulatov aholi bilan navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazdi. 

Qabulda ish bilan ta’minlash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, elektr ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash va tibbiy yordam masalalari bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqildi. 

Ularning 35 foizi joyida hal etildi, 5 foiz murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi, qolganlari o‘rganish uchun mas’ul tashkilotlarga yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.

***

Sharof Rashidov tuman hokimligida “Agrobank” rahbariyati va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
Unda tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlardan foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish va yoshlarni biznesga jalb etish masalalari muhokama qilindi. 

Fuqarolar ham o‘z taklif va tashabbuslarini bildirishdi. 

***

Baxmal tumanida ijtimoiy soha tizimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Savurboyev, viloyat DXX boshqarmasi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sohaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. 

Unda ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar siyosati, raqamlashtirish va sport sohalaridagi ustuvor vazifalar ijrosi tahlil qilindi. Mas’ul idoralar faoliyati samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash va tizimli yondashuvni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

A. Qayumov, O‘zA muxbiri