French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:02 / 2025-09-29

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tavsiyasi asosida 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni mavzusida Jizzaax viloyatining barcha umumta’lim maktablarida “Kelajak soati” darslari tashkil etildi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ustozim — oftobim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar o‘tkazildi.

Jumladan, Do‘stlik tumanidagi ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlari tomonidan ustoz va murabbiylar mehnatiga bo‘lgan hurmat, ularning jamiyatdagi o‘rni, ta’limdagi hissasi haqida yoshlarga tushuntirish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, 5-11-sinf o‘quvchilari uchun Buxoro viloyatining Romitan tumanida faoliyat yurituvchi ingliz tili o‘qituvchisi Billura Ikromovaning tajribasi aks ettirilgan “Yo‘l” hujjatli filmi namoyish etildi.

***

Zarbdor tumanida yangi “Ismoil ota” mehmonxonasi ish boshladi. Zamonaviy uslubda barpo etilgan, 50 o‘ringa ega mazkur mehmonxona tuman infratuzilmasiga ko‘rk bag‘ishlashi bilan birga, xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirishga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar mazkur loyiha nafaqat sayyohlar uchun qulaylik yaratishi, balki tumanda yangi ish o‘rinlarini ochilishi, iqtisodiy faollikni kuchaytirishga hissa qo‘shishini ta’kidlashdi. Mehmonxona faoliyati tufayli 10 nafar fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Bu esa Zarbdor tumanida turizm va xizmatlar sohasini yanada kengaytirishga yo‘naltirilgan amaliy qadamlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

***

Mirzacho‘l tumanidagi maktablarda “Xon Atlas” festivali bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir milliy qadriyatlarimizni yoshlar ongiga singdirish, milliy liboslarga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etildi.

Festivalda o‘qituvchi va o‘quvchi qizlar milliy matolardan — atlas, adras va boshqa an’anaviy materiallardan tayyorlangan liboslarda qatnashishdi. Madaniy tadbir davomida milliy kiyimlarimizning nafosati, rang-barangligi va zamonaviy uslubdagi qo‘llanilishi alohida namoyon bo‘ldi.

***

Sharof Rashidov tuman hokimi Asilbek Ashurov mahalla yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbirda iqtidorli, tashabbuskor, turli sohalarda yutuqlarga erishgan yoshlar faol ishtirok etishdi.

Shuningdek, ochiq muloqotda  yoshlar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar bo‘yicha  hokim tomonidan aniq javoblar berildi, taklif va tashabbuslar muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlar bandligi, ta’lim, kasb-hunar o‘rganish kabi yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan ishlarga doir ma’lumotlar taqdim qilindi.  

Tadbir yakunida Mulkanlik mahallasidan bir guruh yosh xotin-qizlarga kasb-hunar o‘rganishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida zamonaviy tikuv mashinkalari tantanali ravishda topshirildi.

***

Forish tumanida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, tumanning Osmonsoy mahallasida joylashgan 3-sonli umumta’lim maktabida yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlar vaqtida to‘g‘ri harakatlanish yuzasidan maxsus o‘quv-mashg‘uloti tashkil etildi. Unda o‘quvchilar, o‘qituvchilar va maktabning texnik xodimlari qatnashib, amaliyot asosida bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

Tadbir doirasida yong‘in sodir bo‘lganda qanday chora ko‘rish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, evakuatsiya qoidalari kabi mavzularda tushuntirish ishlari olib borildi.  

A.Qayumov, O‘zA