Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
12:14 / 2025-08-01

Paxtakor tumanida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining tuman bosqichi ko‘tarinki ruh va shaffoflikka asoslangan holda o‘tkazildi.

Tanlovda gender tengligi, ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar masalalari bo‘yicha ongli qarashlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. 

Faol ishtirokchilar diplom, esdalik sovg‘alari va rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlanshdi.

***

Forish tuman adliya bo‘limi tomonidan “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolatlari” shiori ostida “Narvon” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. 

Unda mahalla yettiligi hamkorligida mehnat huquqlari, huquqbuzarliklarning oldini olish, firibgarlik va korrupsiyaning yangi usullari haqida tushuntirishlar berildi. 

Xodimlarga qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlar yuzasidan ma’lumotlar yetkazildi.

***

G‘allaorol tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida o‘quvchilar uchun ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. 

Chiqindilarni saralash, tabiatni muhofaza qilish va yashil turmush tarzi mavzularida qiziqarli ma’lumotlar berildi. 

Bunday mashg‘ulotlar yosh avlodda ekologik tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

***

Zafarobod tumani madaniyat markazida “Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. 

Tanlovda nuroniylar mahallalardagi yoshlarga yetakchilik qilishdagi tajribalari bilan ishtirok etishdi. 

Chimqurg‘on mahallasi nuroniysi Nurmurod Risbekov birinchi o‘rinni egalladi. 

Tanlov g‘oliblari “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan pul mukofoti va diplomlar bilan taqdirlandi.

***

Zarbdor tumanida xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ishlar o‘rganildi. 

Tuman hokimligi va “Best Group Betlis Textile Boston” korxonasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda xotin-qizlarni qisqa muddatli kasb-hunar o‘quviga jalb etish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Shu orqali doimiy bandlikka erishish maqsad qilingan.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri