Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
19:23 / 2025-07-28

Yangiobod tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tashabbusi bilan “Artel” korxonasi mutaxassislari hamkorligida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkada “Artel” korxonasi muhandis-texnik xodimlar, ishlab chiqarish operatorlari, sifat nazorati mutaxassislari, yig‘uvchi va qadoqlovchilar kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ish o‘rinlarini taklif qildi.

Umumiy hisobda 110 nafar ishsiz fuqaro ishtirok etdi, shundan 65 nafari yoshlar va 16 nafari ayollardir.

25 nafar fuqaro korxonada ishlash istagini bildirdi va ularni ishga joylashtirish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari boshlab yuborildi.

***

Forish tumanida joylashgan Majrum qishlog‘ida 2 ming yillik tarixga ega archa mavjud bo‘lib, har yili minglab mahalliy va xorijiy sayyohlar tomonidan ziyorat qilinadi. Qishloqning toza havosi, tog‘lar bag‘ridagi go‘zal tabiati va orombaxsh muhiti sayyohlarni o‘ziga jalb etmoqda.

Sayyohlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida qishloq infratuzilmasini yaxshilash ishlari olib borilmoqda. Hozirda ming yillik archaga olib boruvchi yo‘l tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Zarbdor tajribasi asosida ta’mirlanmoqda.

Yo‘lni kengaytirish, tog‘ jinslarini olib tashlash ishlari olib borilmoqda. 

Loyihaga ko‘ra, avtomobil va piyodalar uchun alohida yo‘laklar quriladi, yo‘l yoqalariga quyosh energiyasida ishlaydigan zamonaviy yoritgichlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

***

Savdo-sanoat palatasining Jizzax viloyati Do‘stlik tumani bo‘limi tashabbusi bilan “Tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish” mavzusidagi 40 soatlik amaliy o‘quv kursi tashkil etildi.

Mazkur o‘quv kursi Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy hayotga keng jalb etish, ularning biznes ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar doirasida tashkil etilgan.

Mashg‘ulotlarda qatnashuvchi xotin-qizlar biznes reja tuzish, moliya, marketing, soliq va huquqiy masalalar bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqda. Shunga qo‘shimcha ravishda davlat tomonidan ajratiladigan imtiyozlar va dasturlar haqida ham keng ma’lumotlar berilyapti.

***

Ichki ishlar vazirining topshirig‘iga binoan Sharof Rashidov tumanidagi “Toqchilik” mahalla fuqarolar yig‘inida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan IIO xodimlariga yo‘riqnoma berilib, tadbir doirasida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirildi.

Tashkil etilgan 4 guruh IIB va mahalliy faollar bilan hamkorlikda xonadonma-xonadon yurib, aholiga huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borishdi.

Tadbir davomida 20 nafarga yaqin fuqaro tuman IIBga olib kelindi. Ularning shaxsi aniqlandi, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘yganlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Shuningdek, 1 nafar qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi, 2 nafar voyaga yetmagan shaxsga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatildi.

***

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan G‘allaorol tumanida “Eng chiroyli tanovar” va “Eng chiroyli dilxiroj” raqsi nomli milliy san’at tanlovlari tashkil etildi.

Madaniyat markazida o‘tkazilgan tanlovning tuman bosqichida yoshlar va aholi milliy raqslar orqali yurtimizning boy ma’naviy merosini ajoyib tarzda namoyish etganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

G‘olib va sovrindorlar tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

G‘oliblar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri