Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:32 / 2025-07-25

O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Jizzax shahar bo‘limining majlislar zalida “Mahallani qo‘llab-quvvatlash shahar Kengashi”ning olti oylik yakunlarga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda shahar hokimi, shahar hokimining o‘rinbosarlari, "mahalla yettiligi" rahbarlari, mahalla raislari ishtirok yetishdi. 

Yig‘ilishda "mahalla yettiligi" rahbarlarining hisobotlari tahlil qilindi. Mahalla fuqarolar yig‘inlarining mahalla yettiligi tomonidan 2025-yilning o‘tgan olti oyi davomida amalga oshirilgan ishlari, “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil yetish jarayonida kuzatilgan muammolar, kamchiliklar va ularni bartaraf yetish choralari atroflicha muhokama qilindi.

Bundan tashqari, yig‘ilish davomida “Mahalla yettiligi” faoliyati uchun mas’ul rahbarlarning ham hisobotlari tinglanib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

***

Baxmal tumanida gender tengligini targ‘ib qilish maqsadida “Gender tengligi faoli” tanlovi tashkil etildi. Tadbirni tuman hokimi o‘rinbosari X.Boymurodova ochib berdi.

Tanlovda turli yoshdagi faollar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ular o‘z g‘oya va loyihalarini taqdim etib, jamiyatda ayollarning o‘rni, huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarini ilgari surishdi.

Ishtirokchilarning fikrlari gender tengligini ta’minlash borasida jamoatchilik bilan ochiq muloqotga zamin yaratdi. Tanlov, jamiyatda dolzarb bo‘lgan gender masalalarini hal etish yo‘lida yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

***

Jizzax shahar jamoat transporti avtoparkiga zamonaviy yo‘lovchi tashuvchi avtotransportalari yangilash ishlari davom etmoqda. 

Yo‘lovchilarga qulay va zamonaviy transport xizmatini taqdim etish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish hamda ekologik toza va xavfsiz transport turlarini amaliyotga joriy etish maqsadida muhim qadamlar qo‘yilmoqda. 

Jumladan, “Bizning kuch” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Xitoyning mashhur “Yutong” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 30 ta zamonaviy avtobus Jizzax shahriga olib kelindi.

Shu munosabat bilan o‘tgan taqdimot marosimida Jizzax shahar hokimligi, Xitoyning “Yutong” kompaniyasi, “Bizning kuch” MCHJ va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

***

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari aholining yashash sharoiti va turmush farovonligini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Paxtakor tumanidagi Do‘stlik mahallasida ushbu dasturlar doirasida amalga oshiriladigan ishlarni samarali tashkil etish va ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mutasaddi tashkilot va korxonalar rahbarlariga qurilish va obodonlashtirish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

***

Forish tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limining xodimlari tomonidan yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Forish tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan “Nurota” davlat qo‘riqxonasida yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Ushbu tadbirlar doirasida yong‘in xavfsizligi uchun mas’ul xodimlarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish tartiblari va profilaktik choralar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

[gallery-24470]

A.Qayumov, O‘zA muxbiri