Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
16:55 / 2025-06-18

Jizzax viloyati soliq boshqarmasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida “Diniy radikallashuv – kelajakka tahdid” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida diniy radikallashuvning kelib chiqish sabablari, uning zamirida yotgan ma’naviy, tarbiyaviy, ijtimoiy va iqtisodiy omillar atroflicha tahlil qilindi. Mutaxassislar tomonidan hayotiy misollar asosida radikal g‘oyalar yoshlar hayotiga qanday tahdid solishi mumkinligi to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.

Tadbir ishtirokchilari soliq organlari xodimlari bu kabi tahdidlarga qarshi ma’rifiy immunitetni shakllantirish muhimligini yana bir bor anglab yetdilar.

Davra suhbatida boshqarmaning shaxsiy tarkibi va Jizzax shahar soliq inspeksiyasi xodimlari faol ishtirok etishdi.

***

“Dolzarb 90 kun” tadbiri va “Yoshlar oyligi” doirasida Baxmal tumanida yoshlar va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan “Men qutqaruvchiman” shiori ostida sport musobaqasi tashkil etildi. 

Musobaqada mahallalardagi uyushmagan yoshlar jalb etilib, ular o‘zaro jismoniy tayyorgarlik, chaqqonlik, tezkorlik va bilim darajalari bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar hamda faol ishtirok etgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

***

G‘allaorol tumani markazida aholiga xizmat qiluvchi yangi istirohat bog‘i, o‘yingoh, sport maydonchasi va yashil hudud barpo etilmoqda. Ushbu loyiha hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va sportga hamroh holda o‘tkazishlarini ta’minlashga qaratilgan.

Loyiha qiymati – 7 milliard 554 million so‘mdan ortiq bo‘lib, uning buyurtmachisi Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injinering kompaniyasi DUK, pudratchi tashkilot esa “Obi Sangzor” MCHJ hisoblanadi.

Mazkur ob’ekt foydalanishga topshirilgach, tumandagi minglab aholi uchun zamonaviy dam olish maskani, bolalar o‘yin maydonchasi, sport maydonchasi, keng ko‘lamli yashil hududlar bunyod etiladi. Bu esa G‘allaorol tumanining qiyofasini yanada obod qilish, aholining turmush sifatini esa yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

***

O‘lkamizda pishiqchilik boshlanib, bozorlarimiz, savdo do‘konlarining rastalari turli qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan to‘lib, toshmoqda.

Albatta, har bir mavsumning o‘ziga yarasha gashti bo‘lgani kabi tashvishlari ham yetarli bo‘ladi. Yoz mavsumida ham turli yuqumli kasalliklarning ko‘payish ehtimoli kuchayadi.

Forish tuman sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi mahallalarda, tuman hududidagi bozorlarda, aholi gavjum bo‘ladigan joylarda  turli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilayapti.

Shuningdek, bozorlarda savdo do‘konlarida sotilayotgan turli qishloq xo‘jalik mahsulotlari sifatini nazorat qilish, muddati o‘tgan mahsulotlarning sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ham tegishli tadbirlar  amalga oshirilmoqda.

***

Paxtakor tumanidagi “N” harbiy qismida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Jizzax harbiy prokuraturasi, Yoshlar ishlari agentligining Paxtakor tumani bo‘limi hamda mazkur harbiy qism hamkorligida “Yoshlar oyligi” doirasida  harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” hamda harbiy qismga sayohat tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarga mamlakatimizdagi oliy harbiy bilim yurtlari to‘g‘risida ma’lumotlar ham berildi. Bunday uchrashuvlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar bilan xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlashdan, ularni yurt koriga yaraydigan komil insonlar qilib tarbiyalash va haqiqiy vatanparvarlik tuyg‘usini qalblarida jo qilishdan iboratdir.  

Tadbir davomida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar qayd etilib, ularni qiziqtirgan savollarga to‘liq javoblar berildi.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri