Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:39 / 2025-03-18

Zarbdor tumanida xotin-qizlarni “Ipak qurti parvarishlash va tutchilik sohasiga oid zamonaviy texnologiyalarga o‘qitish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Karimova, shuningdek, “Agropilla” MCHJ rahbari Yu.O‘taganov ishtirok etib, ipakchilik sohasi bo‘yicha zaruriy ma’lumotlar va amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir davomida zamonaviy ipak qurti parvarishlash texnologiyalari, tutchilikni rivojlantirish usullari, yuqori sifatli pilla yetishtirish sir-asrorlari haqida batafsil tushunchalar berildi.

***

Arnasoy tumani G‘afur G‘ulom mahallasidagi 4,5 gektar maydonni o‘z ichiga olgan “Yangi O‘zbekiston jamoat parki”da tuman hokimi tashabbusi bilan “Yashil makon” dasturi doirasida archa, yasin, lola daraxti, qayrag‘och, chinor, eman kabi manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov o‘z oilasi bilan ushbu jamoat parkiga manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishni boshlab berdi.

Daraxt ko‘chatlarini ekish aksiyasida tuman tashkilotlari hamda ekologik partiya faollari ham ishtirok etdi. Tumanda “Yashil makon” dasturi doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.

***

G‘allaorol tumanining “O‘zbekiston” va “Uzunbuloq” MFYlari hududida mahalla faollari, ota-onalar hamda o‘quvchi- yoshlar ishtirokida “Men farzandimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar uchun o‘zbek adabiyotining eng sara asarlari ko‘rgazmasi va savdosi tashkil etildi. Ota-onalar tomonidan xarid qilingan badiiy adabiyotlar jamlanmasi farzandlariga sovg‘a sifatida topshirildi.

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu loyihadagi tadbirlar tuman hududlari bo‘ylab davom etmoqda.

***

Do‘stlik tumani Bunyodkor mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

"Og‘ir hudud" deya e’tirof etilgan mazkur mahalladagi sayyor qabulda Respublika ishchi guruhi a’zolari, tuman hokimligi, Xalq qabulxonasi mas’ullari va boshqalar ishtirk etdi.

Unda aholi tomonidan 20 dan ortiq kommunal, sog‘liqni saqlash, yer masalasi, ish bilan ta’minlash bo‘yicha murojaatlar bo‘lib, ularning aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy hal qilindi. Yechimi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar tegishli soha vakillari nazoratiga olindi.  

[gallery-22320]

***

Hududlarda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasidagi profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan,  Jizzax, Xorazm, Buxoro va Namangan viloyatlarida aholi o‘rtasida qrim-kongo gemorragik isitma kasalligi tarqalishining oldini olish yuzasidan o‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Unda soha xodimlari kasallik bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning sodir bo‘lishi oldini olishda va kasallanganda uning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan amaliy harakatlar bajarilib, ko‘nikmalarini mustahkamladi.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri