G‘allaorol tumanida sovuqli kunlar tobora avjiga chiqib borayotgan qish mavsumini betalafot o‘tkazish, energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, aholi, tashkilot va muassasalar hamda iqtisodiyot tarmoqlarida sifatli elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan talofatli o‘chishlarning oldini olish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Jumladan, ishchi guruhi tomonidan tumandagi ijtimoiy soha ob’ektlari, ko‘p qavatli uylar hamda aholi xonadonlarida qish mavsumida o‘rganishlar olib borilib, aniqlangan kamchilik va muammolar mutaxassislar tomonidan joyida bartaraf etilmoqda.


***
Sharof Rashidov tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida umumta’lim maktablari o‘quvchilarining navbatdagi ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda o‘quvchilarning davomati, uyali aloqa vositalaridan to‘g‘ri foydalanishi, yoshlarning turli yot g‘oyalarga kirib qolishining oldini olish, giyohvandlikka qarshi kurashish, pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik, yangi yil tadbirlarini faqat oila davrasida o‘tkazish to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Uchrashuv yakunida ota-onalar ham mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.


***
Jizzax davlat pedagogika universiteti Jizzax shahar IIB tergov bo‘limi bilan hamkorlikda “Talabalar orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish: muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati tashkil etdi..
Talabalar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, ularga o‘z huquq va majburiyatlarini tushuntirish orqali huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashish va jamiyatda qonuniylik tamoyillarini mustahkamlash ushbu davra suhbatining bosh maqsadiga aylandi.

***
Zomin tumaniga tashkil etilgan info-tur davomida ishtirokchilar Zomin “Milliy tabiat bog‘i”da joylashgan “NKMK” sog‘lomlashtirish maskanida bo‘ldi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga bemorlarning sifatli davolanishlari uchun yaratilgan sharoitlar, nafas olish yo‘llari, asab tizimi, allergiya, bronxial astma kabi kasalliklarning davolanayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Zomin tumanida joylashgan “Azim Zomin Shifo” va “Zomin NKMK” sog‘lomlashtirish maskanlariga Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikalari, BAA, Germaniya, Pokiston kabi davlatlardan ham mehmonlar tashrif buyurib, davolanayotgani ta’kidlandi.


***
Do‘stlik tumanidagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga MTTlarda milliy multfilmlar tomoshasi tashkil etilmoqda.
Jumladan, “Bek va Lola”, “Onajonim”, “Najotga olib boruvchi kitob” va “Zumrad va Qimmat” multfilmlari shular jumlasidandir.



Shuningdek, Do‘stlik tumani o‘quvchi o‘smir va yoshlariga esa o‘zbek milliy kinolarini tamosha qilish yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, yoshlar uchun namoyish etilayotgan “Jonim dadam”, “Vatan ostonasida”, “10 ta fakt” va “Ko‘rnamak” kabi milliy kinolar ularda chuqur taassurot qoldirganini ta’kidlashdi.
A.Qayumov, O‘zA muxbiri